Hukumat qarori: maktablarda 52ta yangi sport zallari qurilib, 89tasi rekonstruksiya qilinadi

Sport 17:09 / 01.08.2019 4131

2020–2024 yillarda respublikada bolalar va o‘smirlar sport maktablari, umumta'lim maktablarida sport obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Adliya vazirligi xabarida aytilishicha, qarorga ko‘ra 2020–2022 yillarda: 

respublika bo‘yicha bolalar va o‘smirlar sport maktablarida jami 178 ta sport obektlari quriladi, rekonstruksiya qilinadi va kapital ta'mirlanadi. Buning uchun 1 148 700 million so‘m mablag‘ ajratiladi; 

umumta'lim maktablarida jami 52 ta yangi sport zallari qurilib, 89 tasi rekonstruksiya qilinadi.

2019 yil 1 oktyabrga qadar bolalar va o‘smirlar sport maktablari namunaviy loyihalari qayta ko‘rib chiqiladi.

Ko‘proq yangiliklar: