Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatda yangi qo‘mita tuzildi

Foto: Ramiz Baxtiyarov
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘ta muhim va dolzarb vazifalarni hal qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida yangi tuzilma – Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasini tuzishni taklif qilgandi.
Mamlakatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, munosib turmush va mehnat sharoitlarini yaratish, tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi ustidan tizimli parlament nazoratini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda gender tenglikni ta'minlash bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, qo‘mitaning asosiy vazifalari qatorida mamlakatda gender tenglikni ta'minlashga va xotin-qizlarning davlat va jamiyat ishlarida faol ishtirok etishiga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirishga doir tavsiyalar ishlab chiqish,gender tenglik masalalari va oila institutini rivojlantirishga oid qonunlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga hamda xalqaro huquq normalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish va tegishli xulosalar berish kabi muhim yo‘nalishlar belgilandi.
Shuningdek, Qo‘mita zimmasiga ayollar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish bo‘yicha umume'tirof etilgan xalqaro normalarni milliy qonun hujjatlariga implementatsiya qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, gender tenglik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilgan xalqaro hujjatlar normalarining amaliyotga joriy etilishi hamda unda belgilangan tavsiyalar ijro qilinishi yuzasidan monitoring olib borish vazifasi ham yuklatildi.
Joylarda aholi, jumladan xotin-qizlar bilan bevosita muloqot qilish orqali gender tenglik masalalariga oid haqiqiy ahvolni o‘rganish hamda bu borada aniqlangan dolzarb masalalarni parlament nazorati vositalarini qo‘llagan holda hal etish choralarini ko‘rishga ham Qo‘mita faoliyatida alohida e'tibor qaratiladi.
Bundan tashqari, Qo‘mita a'zolari reproduktiv salomatlikni, shuningdek onalik va bolalikni muhofaza qilish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlab, jismoniy va yuridik shaxslarning xotin-qizlar,gender tenglik va oila institutiga oid masalalar yuzasidan murojaatlarini ham ko‘rib chiqadilar.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp immigratsiya va bojxona politsiyasiga «to‘liq vakolat» taqdim etdi
Jahon | 08:01
-
Moddiy madaniy meros obektlarini ijaraga berish onlayn auksion orqali amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 07:53
-
Rossiyada Army SOS fondi «nomaqbul tashkilot» deb tan olindi
Jahon | 07:41
-
Narkologik kasallikka yo‘liqqan mahkumlarga mehnat terapiyasi qo‘llanishi mumkin
O‘zbekiston | 07:36
Mavzuga oid

17:42 / 08.07.2025
UzIMEI bo‘yicha vazir Shermatovga senator so‘rovi yuborildi

12:58 / 26.06.2025
Senat yadroviy zarar uchun javobgarlik to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilishni ma’qulladi

11:56 / 12.06.2025
Ayrim tovarlarga import bojini ikki karra oshirib qo‘llash amaliyoti bekor qilinadi

15:13 / 02.06.2025