FIFAning «The Best» sovriniga da'vogar futbolchilar o‘nligi e'lon qilindi

Sport 19:20 / 31.07.2019 13354

FIFA talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar e'lon qilindi.

2019 yilgi «The Best» mukofotini olishga quyidagi futbolchilarning nomzodlari ilgari surilgan: Krishtianu Ronaldu, Matteys de Ligt (ikkisi – «Yuventus»), Frenki de Yong, Lionel Messi (ikkisi – «Barselona»), Harri Keyn («Tottenhem»), Eden Azar («Real»), Kilian Mbappe («PSJ»), Sado Mane, Muhammad Saloh va Virjil van Deyk (uchalasi – «Liverpul»).

Da'vogarlar 2018 yil 16 iyuldan 2019 yil 19 iyulgacha bo‘lgan davrdagi natijalarga qarab tanlab olingan.

FIFA yil laureatlarini 23 sentabr kuni Milandagi «La Skala» opera teatrida o‘tadigan tantanali marosimda e'lon qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda «Eng yaxshi» mukofoti «Real» yarimhimoyachisi Luka Modrichga topshirilgan edi.

Avvalroq FIFA 2019 yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun da'vogarlar o‘nligini ham e'lon qilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: