O‘FA Mirjalol Qosimovni chetlatgan hakamni quyi ligaga «badarg‘a qildi»

Sport 07:21 / 30.07.2019 23609

O‘FA tartib-intizom qo‘mitasi Superliga 14-turidan o‘rin olgan «Metallurg» - OKMK o‘yinini o‘rganib chiqdi. Unga ko‘ra o‘yin vaqtida bosh hakam Shavkat Nasibullayevga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lgan OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bitta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan.

Qosimovga nisbatan jarima ham qo‘llangan, ammo uning miqdori aniq emas. Qosimov «Metallurg» bilan o‘yin vaqtida hakam jamoasi darvozasiga penalti belgilagani uchun unga keskin norozilik bildirgan va Nasibullayev murabbiyga qizil kartochka ko‘rsatgandi.

O‘FA diskvalifikatsiya o‘sha qizil kartochka uchun belgilanganmi yoki alohida jazomi bu masalaga oydinlik kiritmagan. Shuningdek «Metallurg» - OKMK o‘yinida ishlagan hakam Shavkat Nasibullayev ham 4 o‘yindan iborat diskvalifikatsiyaga uchradi. Yetmaganiga hakam quyi ligaga tushirib yuborilgan.

Ko‘proq yangiliklar: