Hasanboy Do‘smatov ertaga Amerika tomon yo‘l oladi. U professional va havaskor boksda teng faoliyat yuritmoqchi

Sport 22:58 / 30.07.2019 19762

Mashhur bokschimiz, Rio - 2016 olimpiadasi chempioni, ko‘plab xalqaro musobaqalar g‘olibi va sovrindori Hasanboy Do‘smatov professional boksga o‘tadigan bo‘ldi.

26 yoshli bokschimiz ertaga uchib ketishi kutilayotgan Los-Andjyeles safari oldidan KUN.UZ sayti o‘quvchilari uchun o‘z rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

  “Menimcha, endi o‘zimni professional boksda sinab ko‘rish vaqti keldi. Ertaga Amerikaga uchib ketaman. Shuni aytib o‘tishim joiz, hali okean ortida qaysi promouterlik kompaniyasi bilan shug‘ullanishimni tanlaganimcha yo‘q. Shahram G‘iyosov, Murodjon Ahmadaliyev, Isroil Madrimov faoliyat yuritayotgan “Mir boksa” promouterlik kompaniyasi yoki Entoni Joshua qatnashuvchi “Matchroom Boxing” promouterlik kompaniyalaridan biri bilan shartnoma imzolashim ko‘zda tutilgan.

Barchaga ma'lum hozir bokschi bir vaqtni o‘zida professional va havaskor boks musobaqalarida ishtirok etish imkoniyatiga ega.

Shuning uchun 2020 yilgi Tokio Olimpiadasida qatnashishni maqsad qilgan holda, professional ringda ham kamarlarni qo‘lga kiritmoqchiman. Amerikaga yetib borib, shug‘ullanib, O‘zbekistonga bir-ikkita jang o‘tkazgach qaytishni niyat qildim. Bu men uchun Tokio olimpiadasiga ham yaxshi tayyorgarlik bo‘ladi. Ringga doimgidek, 49 kg. vazn toifasida chiqishni rejalashtiryapman. Niyatlarim aniq, har qanday jangda g‘alaba qozonish”, deydi Hasanboy Do‘smatov.

                                               Elmurod Ermatov suhbatlashdi

Ko‘proq yangiliklar: