Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent tibbiyot akademiyasi uchun 25 000 dollar. Bosh prokuratura o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shifokorni qo‘lga oldi

Illyustrativ foto
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Unda Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani, Nov qishloq vrachlik punkti shifokori A.Q. fuqaro I.A.ni tanishlari orqali Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga Toshkent shahar, Olmazor tumani, Shifokorlar ko‘chasida firibgarlik yo‘li bilan 25 000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar, yuqoridagi kabi turli noqonuniy yo‘llar bilan o‘qishga kiritishga va'da berib, tamagirlik qilayotgan fuqarolar yoki mansabdor shaxslarga duch kelsangiz, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining qisqa raqamli 10-07 yoki Departamentning 71-233-10-07 raqamli tun-u kun ishlovchi ishonch telefonlariga murojaat etishingizni so‘raymiz”, - deyiladi mahkama xabarida.
Mavzuga oid

14:34 / 14.07.2025
Toshkent va Namanganda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

11:22 / 12.07.2025
Buxoroda kadastr filiali bosh mutaxassisi ushlandi

14:37 / 10.07.2025
Karlo Anchelotti bir yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

13:27 / 10.07.2025