Patris Evra faoliyatini yakunladi

Sport 18:53 / 29.07.2019 5274

Fransiyalik chap qanot himoyachisi Patris Evra 38 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi, deb xabar beradi Squawka.

Futbolchi faoliyati davomida ko‘plab klublarda o‘ynadi. Uning 8 yillik qismini «Manchester Yunayted»da o‘tkazdi. Keyinchalik «Yuventus» tarkibida to‘p tepdi.

Evra umumiy hisobda 733ta o‘yinda maydonga tushib, 17ta gol urgan. Fransiya milliy jamoasi tarkibida 81ta o‘yinni o‘tkazgan.

U Angliyaning 5 karra chempioni, Italiyaning 2 karra chempioni, «Manchester Yunayted» tarkibida Chempionlar Ligasi g‘olibi va klublararo jahon chempionati g‘olibi sanaladi.

Ko‘proq yangiliklar: