Uzoq kutilgan g‘alabadan fotoreportaj: “Andijon” – “Buxoro”

Sport 00:16 / 28.07.2019 15797

“Sog‘lom avlod” stadionida bo‘lib o‘tgan Superliga bahslari 14-turida “Andijon” “Buxoro” klubini qabul qildi.

Birinchi bo‘lim tengkurashlar ostida o‘tgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda mezbonlar yaqqol ustunlikka erishdilar. 76 – daqiqada Oybek Qilichev jarimadan gol kiritib hisobni ochgan bo‘lsa, o‘yinning qo‘shimcha vaqtida Farhod Bekmurodov stadion tablosiga o‘z nomini yozdirdi.

Tanaffusda “Sog‘lom avlod” stadioni suxandoni G‘ulomqodir Abdurahimovning faoliyatiga 50 yil to‘lganligi munosabati bilan yubilyarga viloyat hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Firdavs Ermatov, Andijon

Ko‘proq yangiliklar: