Huawei o‘zining birinchi 5G tijorat smartfonini taqdim etdi

Fan-texnika 18:55 / 26.07.2019 11094

Xitoyning Huawei korporatsiyasi o‘zining ilk 5G tijorat smartfonini namoyish etdi.

Mate 20X (5G) surati va xususiyatlari kompaniyaning Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida taqdim etildi.

Foto: Huawei 

Xabar qilinishicha, ikkita SIM-kartali smartfon 5G va 4G tarmoqlarida ishlaydi. 

7,2 dyuymli FHD+ OLED ekranga ega smartfonning narxi 6199 yuan (901 dollar) turadi. Smartfon 16 avgustdan sotuvga chiqadi.

Foto: Huawei 

AQSh ma'muriyati Huawei kompaniyasini Xitoy razvedkasi va harbiylari bilan hamkorlik qilishda ayblamoqda. May oyida AQSh savdo vazirligi kompaniyani qora ro‘yxatga kiritdi.  

Ko‘proq yangiliklar: