Harbiy okruglar sport vzvodlari o‘rtasida dzyudo bo‘yicha Mudofaa vazirligi chempionati o‘tkazildi

Sport 14:14 / 26.07.2019 5908

Kecha, 25 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi 2-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabi binosida harbiy okruglar sport vzvodlari o‘rtasida dzyudo bo‘yicha Mudofaa vazirligi chempionati o‘tkazildi. Ushbu musobaqada 5 ta okrugdan 30 nafar sportchi ishtirok etdi. Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Chempionatni Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Dilshod Choriyev ochib, sportchilarga omad tiladi.

Musobaqa davomida sportchilar 6 vazn toifasida: 60, 66, 73, 81, 90 va 100 kg.da o‘zaro bellashdi.

Chempionat natijalariga ko‘ra 1-o‘rin Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugiga, 2-o‘rin Toshkent harbiy okrugiga, 3-o‘rin esa Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi jamoalariga nasib qildi.

Musobaqa so‘ngida Qoraqalpog‘iston Madaniyat vazirligi san'atkorlari hamda Nukus garnizoni Ma'naviyat va ma'rifat markazi harbiy orkestri jamoasi tomonidan konsert dasturi havola etildi.

G‘olib va sovrindorlar kubok, diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Ko‘proq yangiliklar: