«Arsenal» futbolchilariga qurolli hujum qilishdi. Kolashinats javob qaytardi

Sport 08:18 / 26.07.2019 18994

«Arsenal» futbolchilari Mesut O‘zil va Sayyod Kolashinats qurolli hujum qurboniga aylanishdi.

Sky Spors xabariga ko‘ra, ikkalasi London shahrida avtomobilda ketayotganida skuterda harakatlanayotgan jinoyatchilar hujumiga uchragan. Videokameralardagi yozuvlarda ularning pichoq bilan qurollangani ko‘rinib turibdi.

O‘zil mashinadan tushib, qochib ketgan va yaqin oradagi restoranga kirgan. Kolashinats esa o‘g‘rilarga qarshilik qilishga uringan.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiya tafsilotlarni o‘rganmoqda va jinoyatchilarni qidirmoqda. «Arsenal» futbolchilari jarohat olmagan.

Ko‘proq yangiliklar: