O‘zbekistonda hukumat tomonidan kelajak vorislarini har taraflama yetuk qilib tarbiyalash borasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Ayniqsa, imkoniyati cheklangan (kar-soqovlar) shaxslarga zarur shart-sharoitlar yaratib berilyapti.
“Adolat” SDP Toshkent shahar, Olmazor tumani kengashi, 24-Sag‘bon saylov okrugi deputati Luiza Hikmatova hamda xususiy tadbirkor Muhammadbobur Xodjayev bilan hamkorlikda mazkur tumandagi “At-Termiziy” jom'ye masjidida imkoniyati cheklangan (kar-soqovlar) insonlarga namoz o‘qishlari uchun alohida xona ajratilib, monitorda “Surdo online Uzbekistan” dasturi o‘rnatildi.
Unda surdo tarjimon masjid imom xatibining ma'ruzasini surdo onlayn tarzda imkoniyati cheklangan (kar-soqovlar) insonlarga yetkazib beradi. O‘z navbatida, 12 iyul kungi juma nomozida “At-Termiziy” imom xatibi Robbimqul Muhammadiyev va juma namoziga yig‘ilgan yurtdoshlarimiz mazkur loyihani joriy etgan saxovatpesha insonlar haqiga duo qilishdi.