Google Chrome do‘konini shubhali kengaytmalardan tozalaydi

Fan-texnika 19:23 / 25.07.2019 5283

Amerikaning Google kompaniyasi faol foydalanuvchilar haqida ortiqcha ma'lumot to‘playdigan kengaytmalarni Chrome Web Store tarkibidan o‘chiradi. The Next Web nashrining yozishicha, barcha shubhali ilovalar do‘kondan olib tashlanadi. 

Hozircha, Google barcha ishlab chiqaruvchilarga maxfiylik siyosatini o‘zgartirishni taklif etmoqda. Ular 2019 yil 15 oktyabrgacha o‘z siyosatini yangi talablarga moslashtirishlari lozim. Shundan so‘ng, nomaqbul ilovalar do‘kondan o‘chiriladi. 

Yangi maxfiylik siyosati kompaniyaning Project Strobe nomli rejasiga muvofiq o‘zgartirilmoqda. U Google foydalanuvchilarining shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilishi kerak. Qayd etilishicha, mazkur reja Google+ yopiq xizmatining zaif tomonlarini aniqlashda muhim o‘rin tutgan. Google+ yopiq xizmatining 500 mingdan ortiq foydalanuvchisining shaxsiy ma'lumotlari ommaga oshkor bo‘lgan edi. 

18 iyul kuni The Washington Post jurnalisti Joffri Fauler kengaytmalar tufayli shaxsiy ma'lumotlar tarqalganiga doir o‘z surishtiruvlari natijasini e'lon qilgan edi. U, shuningdek, qator shubhali ilovalar xususida ham ma'lumot bergandi. Jumladan, Hover Zoom, SpeakIt!, SuperZoom, SaveFrom.net Helper, FairShare Unlock va PanelMeasurement kabi Chrome kengaytmalari shubhali ilovalar ekanini qayd etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: