«Arsenal» yangi transferini e'lon qildi

Sport 22:00 / 25.07.2019 10325

«Arsenal» klubi himoyachi Vilyam Saliba transferini e'lon qildi.

18 yoshli futbolchi londonliklar bilan uzoq muddatli shartnomani imzoladi. Ammo keyingi mavsumni «Sent-Etenn» klubida ijarada o‘tkazadigan bo‘ldi.

Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, uning transfer qiymati 29 million yevroni, shartnomasi muddati 5 yilni tashkil qildi.

O‘tgan mavsumda Saliba «Sent-Etenn» tarkibida barcha musobaqalarda 19ta o‘yinda maydonga tushgan.

Ko‘proq yangiliklar: