OAV: Apple foydalanuvchilarning suhbatlarini tinglaydi

Fan-texnika 15:56 / 24.07.2019 8558

Apple korporatsiyasi subpudratchi korxona orqali foydalanuvchilarning ovozli buyruqlari va shaxsiy suhbatlarini tinglash uchun xodimlarni ishga oladi. Bu haqda El Pais gazetasi xabar berdi.

Nashrning yozishicha, kompaniyaning Ispaniyada xodimlari bo‘lib, ular turli tillardagi, jumladan, fransuz va nemis tillaridagi yozuvlarni tinglashadi. Gazeta manbalarining so‘zlariga ko‘ra, bu Siri ovozli yordamchisining dasturiy ta'minotini yaxshilash uchun amalga oshiriladi. Ammo nashrning yozishicha, nafaqat Siri buyruqlari, balki telefon egalarining shaxsiy suhbatlari ham tinglanadi.

Yozuvlarni tinglash subpudratchi korxona orqali amalga oshiriladi. 

Kompaniya o‘z navbatida "Apple’ning barcha mahsulot va xizmatlari shaxsiy ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlashga mo‘ljallangan bo‘lib, kimga nimani taqdim etishni faqatgina foydalanuvchining o‘zi hal qilishini" ta'kidladi. 

Ko‘proq yangiliklar: