Facebook 5 mlrd dollar jarimaga tortildi

Fan-texnika 19:40 / 24.07.2019 8360

AQSh federal savdo komissiyasi (Federal Trade Commission, FTC) foydalanuvchilar ma'lumotlari marketing maqsadlarida foydalanish uchun begona kompaniyaga berilgani uchun Facebook kompaniyasiga 5 mlrd dollar jarima soldi. Bu haqda komissiya saytida e'lon qilingan qarorda aytilmoqda.

"Facebook rekord miqdordagi 5 mlrd dollar jarima to‘laydi va uning korporativ tuzilmasiga nisbatan yangi cheklov va o‘zgartirishlar joriy etiladi, o‘z foydalanuvchilarining ma'lumotlarini saqlash borasida kompaniya zimmasiga mas'uliyat yuklatiladi", - deyiladi qarorda.

2018 yil martda The New York Times gazetasi hozirda yopilib ketgan Cambridge Analytica kompaniyasi ijtimoiy tarmoqning 87 mln foydalanuvchisi haqidagi ma'lumotlarni qo‘lga kiritganini xabar qilgandi.  

Ko‘proq yangiliklar: