Bokschi Dadashev og‘ir jarohatdan vafot etdi – jangni to‘xtatishga uni zo‘rg‘a ko‘ndirishgan edi

Sport 13:19 / 24.07.2019 146001

23 iyul kuni rossiyalik bokschi Maksim Dadashev AQShdagi shifoxonada vafot etdi.

20 iyul kuni u Okson-Hill shahrida puertorikalik Subriyel Matias bilan ringga chiqdi. Ammo juda ko‘p zarba o‘tkazib yuborgani sababli, uning sekundantlari jangni 11-raundda to‘xtatishga majbur bo‘lishdi. Bungacha murabbiy Baddi Makgirt bokschini taslim bo‘lishga uzoq vaqt mobaynida ko‘ndirishga harakat qilgan edi.

Jangdan keyin bokschi o‘zini yomon his qildi. Shifoxonada unga miyaning og‘ir shishi tashxisi qo‘yildi. Shu sababli bokschi 2 soat davomida operatsiya qilindi. Shishni yo‘qotish uchun bokschi bosh suyagining bir qismini olib tashlashga to‘g‘ri kelgan. Keyinroq sportchi medikamentoz koma holatiga tushirildi. 23 iyul kuni esa 28 yoshli bokschi hushiga kelmasdan vafot edi.

Dadashev professional boksda 2016 yilda debyut qilgan. U Matias bilan janggacha birorta mag‘lubiyatsiz qatorasiga 13 ta g‘alabani qo‘lga kiritgan. Peterburglik sportchi barcha janglarini AQShda o‘tkazgan.

Ko‘proq yangiliklar: