Joriy yilning olti oyi yakunlari bo‘yicha Xitoy Rossiyani chetga surib, O‘zbekistonning yetakchi savdo sheriklaridan biriga aylandi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, birinchi yarim yillikda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 3,895 milliard dollarni tashkil qildi. Taxminan 1,6 milliard dollar - eksport ulushi, 2 milliard dollar - import.
O‘zbekistonning savdo sheriklari orasida Rossiya ikkinchi o‘rinda (2 milliard 984 million dollar). Keyingi pog‘onalardan Qozog‘iston, Turkiya, Qirg‘iziston, Afg‘oniston va Tojikiston joy oldi.
2019 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston 166 mamlakat bilan savdo aloqalarida bo‘lgan. Mamlakat umumiy tashqi savdo aylanmasi 20 milliard dollarni tashkil etdi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan 4 milliardga ko‘p.