Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov Kun.uz'ga bergan eksklyuziv intervyusida kapital bozorda xususiy sektor rolini oshirish uchun ayrim masalalarga e'tibor qaratish lozimligini ta'kidladi.
Video: Youtube
Video: Mover (tas-ix)
«Yangi investorlar tomonidan hisob bo‘yicha talablar aniq ta'kidlanishi lozim. Bu kompaniyalar mas'uliyatini oshiradi. Xususiy sektorning biznes reja va harakatlanish strategiyasi bo‘lishi kerak.
Kapital bozoridan pul jalb etish uchun kompaniya likvidligi muhim. Masalan, bitta emissiya 100 milliard so‘mga yaqin bo‘lsa, kutilgan natija qo‘lga kiritiladi. Undan kam hajmda aksiyalar chiqsa, likvidlik paydo bo‘lmaydi. O‘zbekistonda bunday salohiyatga ega korxonalar ko‘p emas. Tadbirkor turli vajlar bilan biznesni bo‘lib tashlagan, holding kompaniyalar ko‘p tuzilmagan. Negaki, holding kompaniyalar uchun alohida soliqqa tortish mavjud.
Ayni masala ustida ishlab, yaqin kunlarda holding kompaniyalarni ikki marta soliqqa tortish amaliyoti bekor qilinishi kutilmoqda», — deydi agentlik direktori.
Ma'lumot uchun, holding kompaniyasi (ingliz tilidan «egalik») asosiy faoliyati davomida korxonalarning aksiyalarini o‘z tasarrufiga olish orqali ularning ishini nazorat qiladi va umumiy qiymatdagi aksiyalarni bozorga chiqarishi mumkin.