O‘zbekiston oltin eksportini tikladi

Iqtisodiyot 11:43 / 23.07.2019 27230

Joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida O‘zbekiston 2 milliard dollarlik oltin eksport qildi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak beryapti. Bu import va eksport o‘rtasidagi farq 2,9 milliard dollardan 2,8 milliard dollargacha qisqargani fonida yuz berdi.

Mamlakat 2019 yilda oltinni faol sotish bilan boshladi - yanvar-mart oylarida u 1,2 milliard dollarga eksport qilindi, shundan so‘ng sotuvlar to‘xtadi va faqatgina iyun oyida tiklanib, 863 million dollarlik mahsulot eksport qilindi.

Natijada, birinchi yarim yillikda oltin eksporti hajmi 2018 yildagi shunday ko‘rsatkichdan 34 foizga oshdi (o‘shanda u 1,5 milliard dollarni tashkil etgan). Avvalgi yillarda bu raqam 1,1 milliard dollarga (2017), 738 million dollarga (2016) va 823 million dollarga (2015) teng edi. Gap narxlar bo‘yicha eksport haqida ketmoqda - oltin narxi ham shu vaqt davomida keskin o‘zgarib borganini inobatga olish kerak.

Bundan oldin, yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 19,6 mlrd dollarni tashkil etgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: