Miyani tushunishda yordam beradigan yetti video

Light 12:04 / 23.07.2019 15119

Miya – inson tanasining eng sirli organi. U biz bilan sodir bo‘layotgan barcha narsalar - his-tuyg‘ular va xarakterdan tortib, atrof-muhitni anglash uchun ham javob beradi.
Miya haqida juda ko‘p narsani bilib olish imkonini beradigan yettita ma'ruzani e'tiboringizga havola etamiz. 

«Miyasiz yashash mumkinmi?»

Neyrobiolog va ilmiy jurnalist Asya Kazanseva miya turli bo‘limlarining funksiyalari haqida hikoya qiladi. Miyaning old qismiga zarar yetkazilganida nima bo‘ladi? Bosh miyaning chakka bo‘limi olib tashlanganida odam o‘zini qanday tutadi? Umuman, miyasiz yashash mumkinmi?

Ana shu va boshqa ko‘plab savollarga ma'ruzadan javob topish mumkin. 

«Miya: qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma»

Mashhur Andrey Kurpatovning ma'ruzasida inson miyasi qanday ishlashi, xulq-atvorimiz va qabul qilinayotgan qarorlarga ta'siri haqida hikoya qilinadi.

«Miyaning 83 mingta skanerlari bizga nima haqida hikoya qiladi?»

Daniel Amen miyani o‘rganish natijalari bo‘yicha batafsil ma'lumot beradi.

«Miya: “Men”im qayerda joylashgan?»

Ijtimoiy fanlar fakulteti psixologiya departamenti rahbari madaniyat miya rivojini qanday belgilab berishi, shaxsni kompyuterga o‘tkazish mumkinligi, ajdodlarimiz miyasi qanday bo‘lgani haqidagi savollarga javob beradi. 

«Miya bilan aloqa: haqiqat va xayolot»

Fikrni bir joydan boshqasiga o‘tkazish mumkinmi? Zamonaviy hisoblash texnikasi so‘zlarsiz miyaga singib, ichki olamni “ko‘zdan” kechira oladimi? Biologiya fanlari doktori Aleksandr Kaplan nima fantastlarning hamma g‘oyalarini ham hayotga tatbiq etib bo‘lmasligini batafsil tushuntiradi. 

«Fazo va miya»

Biologiya fanlari doktori Sergey Savelev katta fazo miyaning tuzilishi, rivojlanishi, faoliyatiga qanday ta'sir qilishi va zamonaviy inson miyasining halokatli darajada kichkinalashuvi haqida hikoya qiladi.

«Miya! Bu so‘zda ulkan ma'no mujassam»

Valeriy Sobolev o‘z ma'ruzasida miya qanday ishlashi, hayot davomida o‘zgarishi va shaxsiy “Men”imiz qanday tug‘ilishi haqida so‘zlaydi. 

Ko‘proq yangiliklar: