«O‘zavtosanoat» AJ tomonidan velosiped, mototsikl va trisikllar ham ishlab chiqarilmoqda

Iqtisodiyot 12:49 / 22.07.2019 32985

Ma'lumki, «O‘zavtosanoat» AJ tomonidan Namangan viloyatining Norin tumanida «Norin Moto Bike» MChJda mototsikl, trisikl, skuter va velosipedlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilganligi haqida avval xabar berilgandi.

O‘tgan davr mobaynida korxona tomonidan 9200 dan ortiq tayyor mahsulot ishlab chiqarildi va yurtimizning barcha hududlarida savdoga qo‘yildi.

Ayni paytda «Norin Moto Bike» MChJ tomonidan trisiklning yangi modeli xaridorlarga taqdim etilmoqda. Mazkur trisikl 2 tonnagacha bo‘lgan yuk ko‘tarish quvvatiga hamda radiatorli sovutish tizimiga ega bo‘lib, xoh dalada bo‘lsin, xoh bozorda mehnatkash xalqimizning ishonchli xizmatkori bo‘lishga loyiq.

«Norin Moto Bike» MChJ viloyatlardagi tadbirkorlarni hamkorlikka chaqiradi.

Murojaat uchun telefonlar: +998902780025, +998901428585, +998999778449, +998913529709

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: