Messi korrupsiyada ayblagani uchun KONMeBOL rahbariyatidan uzr so‘radi

Sport 08:40 / 21.07.2019 6351

Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi KONMeBOL rahbariyatidan rasman uzr so‘radi.

Futbolchi Amerika Kubogining uchinchi o‘rin uchun Chiliga (2:0) qarshi bahsida maydondan chetlatilgan, so‘ngra Janubiy Amerika futboli rahbariyatini korrupsiyada ayblagan edi.

La Nacion xabariga ko‘ra, Argentina Futbol Assotsiatsiyasi KONMeBOL intizom qo‘mitasiga Messining uzri yozilgan xatni jo‘natgan. Unda hujumchi bu gaplarni rahbariyatga emas, balki hakamlarga qarata aytgani va qattiq hayajonda bo‘lgani qayd etilgan.

Endi Messiga nisbatan ochilgan intizomiy ish yopilsa, u diskvalifikatsiyadan qutulib qolishi va faqat jarimaga tortilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: