So‘nggi vaqtlarda internet tarmog‘ida Huawei smartfonlaridagi Android o‘rnini bosishi ko‘zda tutilayotgan Hongmeng OS haqida ma'lumotlar tarqala boshlagandi. Endilikda kompaniya mish-mishlarga barham berdi: katta vitse-prezident Ketrin Channing ta'kidlashicha, Hongmeng OS mobil qurilmalar uchun yaratilmagan va kompaniya Android'dan foydalanishni davom ettiradi.
Shunga o‘xshash bildirishnoma bilan Huawei boshqaruvi raisi Lyan Xua ham o‘tgan haftada chiqish qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya Hongmeng OS'dan mobil uskunalarga moslashgan operatsion tizim sifatida foydalanish mumkin yoki yo‘qligi borasida bir to‘xtamga kela olmagan. U mahsulot internet qurilmalar uchun yuqori sifatli yechim ko‘rinishida yaratilgani va faqatgina sanoat ehtiyojlari uchun mo‘ljallanganini qo‘shimcha qilgan.
Umuman olganda, katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Iyun oyida Huawei vitse-prezidenti Endryu Uilyamson kompaniya Android'ning o‘rnini bosuvchi muqobil tizim ustida bosh qotirayotgani va uni allaqachon Xitoyda sinovdan o‘tkazishayotgani haqida gapirgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra ushbu operatsion tizim yaqin oylar ichida tayyor bo‘lishi kutilmoqda.
Shu yili AQSh Huawei'ga nisbatan sanksiya joriy etganini e'lon qildi. Bularning barchasi Huawei smartfonlari uchun Android'ning yangilanishlari to‘xtalishiga olib keldi va kompaniya boshqa operatsion tizimga o‘tish kerak degan xulosaga kelingandi.