Shaxin: «Tolibon» O‘zbekistondagi afg‘onlararo uchrashuvga taklifnoma olmadi

Jahon 15:22 / 20.07.2019 24639

«Tolibon» harakati O‘zbekistondagi afg‘onlararo muloqotda ishtirok etishga taklif olmadi, ammo agar u yuborilsa, ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda RIA Novosti «Tolibon»ning Qatardagi siyosiy idorasi rasmiy vakili Suxayl Shaxinga asosan xabar bermoqda.

Avvalroq, 1TV telekanali yaqinda Dohada bo‘lib o‘tgan afg‘onlararo konferensiya ishtirokchilariga tayangan holda, navbatdagi afg‘onlararo uchrashuv uch-to‘rt haftadan so‘ng Samarqandda bo‘lib o‘tishini xabar qilgandi. 

«O‘zbekistonda uchrashuvni o‘tkazish sanasi hali aniq emas, ammo biz O‘zbekistondan taklifnoma olsak, uni ko‘rib chiqamiz», - dedi Shaxin.

Qatar poytaxtida 7-8 iyul kunlari Qatar va Germaniya tomonidan tashkil etilgan Uchinchi afg‘onlararo konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda «Tolibon» harakatining Qatardagi siyosiy ofisi delegatsiyasi hamda afg‘on siyosatchilari ishtirok etdi. Uchrashuvda Afg‘oniston hukumati vakillari ham qatnashgan. Anjuman yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: