Prezident qarori: Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish loyihasi amalga oshiriladi

O‘zbekiston 11:49 / 20.07.2019 14811

Prezidentning “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, qaror bilan:

loyiha Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida amalga oshirilishi;

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta'minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi loyihani to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirish uchun mas'ul organ ekanligi;

loyiha doirasida kredit mablag‘larini o‘zlashtirish 2019 yil sentabr oyidan boshlanishi;

loyiha maqsadlarida xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankidan olingan qarz Moliya vazirligi tomonidan qaytarilishi belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan loyihani amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Ko‘proq yangiliklar: