Pentagon Saudiya Arabistoniga qo‘shin joylashtirish rejasini ma'qulladi

Jahon 18:16 / 20.07.2019 9772

AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi mudofaa vazirligi Saudiya Arabistoniga Amerika harbiylari joylashtirilishini ma'qullaganini bildirdi.

"Kuchlarning joylashtirilishi qo‘shimcha tutib turuvchi omil bo‘ladi hamda kuchlarimiz va mintaqadagi manfaatlarimizni real tahdidlardan himoya qilish imkoniyatini beradi", - qo‘mondonlik bayonotida. Pentagonning qayd etishicha, Vashington bu masala ustida qirollik hukumati bilan ish olib bormoqda.

Associated Press Pentagondagi manbalariga tayanib harbiy xizmatchilarning bir qismi va Patriot raketalari Saudiyadagi Sultan aviabazasiga keltirilganini xabar qildi. Agentlikning ma'lumot berishicha, bu yerga jami 500 nafardan ortiq harbiy xizmatchi joylashtirilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdul Aziz Ol Saud mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash uchun Amerika harbiylarini qabul qilishga tayyorligini bildirgandi.

 

 

Ko‘proq yangiliklar: