Iroqda turk diplomatlariga hujum qilgan terrorchilar qo‘lga olindi

Jahon 19:31 / 20.07.2019 8085

Iroq shimolidagi Arbil shahri xavfsizlik boshqarmasi Turkiya bosh konsulxonasi xodimlariga hujum qilgan terrorchilar qo‘lga olinganini ma'lum qildi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.

Agentlikning bildirishicha, diplomatlarga to‘rt nafar terrorchi hujum qilgan. Boshqa batafsil ma'lumotlar keltirilmagan.

Turkiya tashqi ishlar vazirligining ma'lumot berishicha, Turkiya bosh konsulxonasi xodimlariga hujum 17 iyul kuni Arbil shahridagi restoranlardan birida amalga oshirilgan. 

Sky News Arabia telekanalining xabariga ko‘ra, hujum qilganlar ikki kishi bo‘lgan. Hujum oqibatida bosh konsulxonaning bir xodimi halok bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: