Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qonun barchaga barobar». Otabek Umarov tezlikni oshirgani uchun jarima to‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti xavfsizlik xizmati rahbari o‘rinbosari, O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov avtomobilida taqiqlangan tezlikda harakatlanib, yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun jarima to‘ladi.
Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Otabek Umarov boshqaruvidagi «Tesla» rusumli avtomobil tungi vaqtda Toshkent shahri ko‘chalarida yuqori tezlikda (tezlik soatiga 201 kilometrgacha yetgan) harakatlanishi tasvirlangan video paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Prezidentining ikkinchi qizi Shahnoza Mirziyoyevaning turmush o‘rtog‘i bo‘lmish Otabek Umarov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida qoidalarni buzgani uchun o‘z ixtiyori bilan borib kommunal kassa orqali jarima to‘laganini ma'lum qilgan.
«Kuni kecha ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda men bilan bog‘liq video tarqalgani Prezidentimizning ochiqlik va so‘z erkinligi siyosati amalda ekanini ko‘rsatadi, deb o‘ylayman.
Jurnalistlar va blogerlar haqiqatan ham real hayotimizda bor muammolarni ko‘tarib chiqayotgani quvonarli. Sizlar jamiyatda ro‘y berayotgan voqealarga befarq emasligingiz, odamlarning mavqeyi va lavozimidan qat'i nazar tanqid qilayotganingiz bizni o‘z ustimizda yanada ko‘proq ishlashga va tartibga rioya qilishga chaqiradi.
Bugunoq barcha jarimalar to‘landi. Qonun barcha uchun barobar!
Shu fursatdan foydalanib, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining jonkuyar xodimlariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman!», deydi u.

Aytish mumkinki, bu holat O‘zbekistonda so‘nggi yillarda o‘tkazilayotgan islohotlar, ayniqsa so‘z erkinligini ta'minlash borasida olib borilayotgan ishlar o‘z samarasini berayotganini ko‘rsatadi. Demakki, yuqori doiralar jamoatchilik fikrini kuzatmoqda, xalqni eshitmoqda va xalq bilan bilan hisoblashmoqda.
Otabek Umarov esa o‘z xatosini tan olib boshqa barcha davlat amaldorlariga o‘rnak bo‘ldi.
Ma'lumot uchun, haydovchi aholi yashash joyida juda katta tezlikda harakatlanganda u MJtK 128-3-moddasiga binoan, EKIH 9 baravari miqdorida, ya'ni 1 mln 824 ming so‘m jarima to‘laydi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kun tartibidagi maishiy korrupsiya va zararni qoplaganga ozodlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:30 / 02.08.2025
-
Xitoyda erkak suv ostida 5 kun yashab, tirik qoldi
Jahon | 23:24 / 02.08.2025
-
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qullamasdan ta’tilga chiqmoqda
Jahon | 22:55 / 02.08.2025
-
AI-80 narxi, undan voz kechish va prisadkali AI-92 - Raqobat qo‘mitasi izohlari
Iqtisodiyot | 22:24 / 02.08.2025
Mavzuga oid

23:08 / 25.11.2024
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi

21:18 / 08.09.2024
Otabek Umarov Osiyo Olimpiya Kengashining mintaqaviy vitse-prezidenti bo‘ldi

15:57 / 17.07.2024
Abdulla Aripov va Otabek Umarov Grozniydagi forumda Ramzan Qodirov bilan uchrashdi

11:53 / 22.12.2021