Poroshenko Yevroparlament majlislar zaliga kiritilmadi

Jahon 07:53 / 19.07.2019 23433

Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko Yevroparlament majlislar zaliga kiritilmay, galyorkaga jo‘natildi. Bu haqda Strana.ua nashri xabar berdi. 

Voqea 17 iyulda bo‘lib o‘tgan. Nashrda ta'kidlanishicha, shu kuni Poroshenko Ukrainaning davlat tergovlar byurosiga jinoiy daromadlarni yuvish ishi bo‘yicha so‘roqqa borishi kerak bo‘lgan. OAVda, shuningdek, Poroshenko Yevroparlamentga taklif qilingan mehmonlar ro‘yxatida yo‘qligi haqida xabar paydo bo‘lgan. 

Ukrainaning sobiq prezidenti 16 iyulda Strasburgga yevropalik deputatlar va Yevropa Ittifoqining yangi rahbarlari orasida o‘ziga ittifoqdoshlarning “kuchli guruhi”ni shakllantirish uchun borishini e'lon qilgan. Biroq Strana.ua Poroshenkoning galyorkada o‘tirgani suratini e'lon qilgan. 

Hozir Strasburgda Yevroparlamentning yangi chaqirig‘ining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: