Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda hokimlarning turar joylar bo‘yicha vakolatlaridan biri bekor qilinadi

Foto: KUN.UZ
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan Uy-joy kodeksi 15-moddasidagi (Turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazish) “hokimlarining qaroriga” degan so‘zlar “qurilish bo‘limlarining ruxsatnomasiga” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.
15-moddaning amaldagi tahririga ko‘ra, yashash uchun yaroqli bo‘lgan turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Alohida hollarda, turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazish mulkdorning yoki u vakolat bergan organning (shaxsning) arizasiga ko‘ra tumanlar va shaharlar hokimlarining qaroriga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu qonunga muvofiqlashtiradi;
davlat boshqaruvi organlari ushbu qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlaydi;
ushbu qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid

09:49 / 02.07.2025
AQSh Senati Trampning «katta» qonun loyihasini ma’qulladi

12:07 / 21.06.2025
Britaniya Jamoatlar palatasi evtanaziya to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

13:34 / 10.06.2025
Sudyaga qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

12:38 / 10.06.2025