NKMK sohaga oid bo‘lmagan aktivlardan xalos bo‘lmoqda

O‘zbekiston 10:29 / 19.07.2019 8351

Ishlab chiqarish jarayonlariga jalb qilinmagan obektlar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga beriladi. Bu haqda Norma yozmoqda.
 
Xatlovdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra Navoiy, Jizzax, Samarqand, Xorazm, Toshkent va Surxondaryo viloyatlaridagi 204 ta obektdan (uy-joylar, bolalar bog‘chalari, bog‘ zonalari, yo‘l, kommunal infratuzilmasi va h.k.) iborat – NKMKning sohaga oid bo‘lmagan aktivlari ro‘yxati shakllantirildi.
 
Ikki oy muddatda ular keyinchalik samarali foydalanish uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va kommunal xizmatlarga beriladi. Topshirilayotgan va qabul qilinayotgan aktivlar soliq solish obekti hisoblanmaydi.
 
Hujjat 17.07.2019 yildan kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: