Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Kibersport orqali davlat budjetiga katta daromad keladi». O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi raisi bilan suhbat

Bugungi kunda O‘zbekistonda ham onlayn sport turlari rivojlanib bormoqda. 2016 yilda O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi ish boshlashi bu sohadagi dastlabki qadam bo‘ldi. Federatsiyaning bugungacha bo‘lgan faoliyati, olib borilayotgan va qilinishi kerak bo‘lgan vazifalar, tashkil etilayotgan turnirlar, PlayStation va kompyuter o‘yingohlari, O‘zbekistonda Kibersportni rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida federatsiya prezidenti Aziz Pattaxov bilan suhbatlashdik.
«O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi o‘z faoliyatini 2016 yildan boshlab, bugungi kunga qadar elektron kompyuter sporti sohasida bir qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda. 2018 yildan e'tiboran elektron kompyuter sporti (kibersport) rasmiy sport turlar reyestrida 100-sport turi sifatida qayd etildi va tan olindi. Federatsiyaning kibersportchilari esa qisqa vaqt ichida professional darajaga chiqishga hamda jahon va xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishga erishishdi.
Shuningdek, 2016 yilda respublikamiz kibersport tarixida eng yirik kibersport arenasi tashkil etildi. «Uz Arena» nomi ostida o‘z faoliyatini boshlagan ushbu arena jahon talablariga to‘liq javob beruvchi zamonaviy texnikalar 50ta kompyuter, va 24ta PlayStation hamda katta Led-ekranlar bilan jihozlangandi.
Hamma bolaning turlicha narsaga iqtidori bo‘ladi. Kimdir ilm-fanga qiziqsa, kimdir kompyuter o‘yinlarida katta muvaffaqiyatga erishib, sport yulduzi bo‘lishi mumkin. Faqat to‘g‘ri yo‘naltirish vazifasini biz bajarishimiz kerak. Kibersport orqali bolalarni ma'lum maqsadga yo‘naltirishimiz mumkin. Bu faqat o‘yin emas, balki biz ham bolalarga talab qo‘yamiz. Rus tili va ingliz tillarini bilish talab etiladi. Chunki xalqaro arenalarda muloqot shu tillarda bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘yin ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ham o‘yinlarini ingliz va rus tillarida chiqaradi. Kibersport turi O‘zbekistonda endi rivojlanib kelyapti. Bu sport turi orqali katta daromad topish mumkin. Chunki xalqaro musobaqalarda juda katta sovrinlar qo‘yiladi. Bundan tashqari, tadbirkorlarimizni ham hamkorlikka chaqirib qolamiz. Ular uchun maxsus tizim ishlab chiqqanmiz. Bundan ular ham biz ham foyda ko‘ramiz.
Playstation xonalarda ichkilik, tamaki mahsulotlari qat'iyan taqiqlanadi. Bu sport turi bolalarning darsiga xalaqit bermaydi. Chunki biz oldin bolalarni o‘qishini so‘raymiz. O‘qishi yaxshimi? Bu sport unga halaqit qilmaydimi? Va albatta, bolaning bu sport turi bilan shug‘ullanayotganini ota-onasi bilishi kerak. Bolalar kelajakda tanlash uchun faqat 2-3ta yo‘nalish bilan cheklanmasligi kerak. Aytaylik, OTMga kira olmagan bola bitta mashinani ijaraga olib, taksichilik bilan shug‘ullanishi emas, agar qiziqqan bo‘lsa, professional darajada shug‘ullanib, kibersport bilan hayotini qurishi mumkin. Bu sport turi bilan biznes qilish imkoni ham mavjud.

Bu sport turi davlatga va jamiyatga ham foyda keltiradi. Xalqaro musobaqalar o‘tkazib, dunyoning turli burchaklaridan kibersport ishqibozlarini taklif qilsak turizm rivojlanadi. Yaqin oylarda «Humo Arena»da kibersport buyicha katta xalqaro turnir tashkillashtirishni rejalashtiryapmiz», deydi Aziz Pattaxov.
Federatsiya prezidentidan olingan intervyuning to‘liq talqini bilan videolavha orqali tanishishingiz mumkin.
Video: Youtube
Video: Mover (tas-ix)
Hamkorlik qilmoqchi bo‘lganlar uchun:
Espors Uzbekistan federatsiyasi
"UZ Arena" mo‘ljal Milliy (Bunyodkor) stadioni
Telegamm: t.me/espors_uzbekistan
(94) 606 73 33
(97) 429 73 33
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

22:05 / 08.04.2024
Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi Kibersport arenasida yoshlar bilan uchrashdi

13:12 / 17.11.2022
Kibersport bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochiladi

14:30 / 11.11.2021
Videoo‘yinlar, strimlar va kibersport - yo‘qotilayotgan bolalik yoki professional kasb

15:31 / 26.08.2021