BMW nemis avtokonserni direktorlar kengashiga yangi rais tayinlanganini ma'lum qildi. Ushbu lavozimni Oliver Tsispe egallaydi. U o‘z majburiyatlarini bajarishga 16 avgustdan kirishadi.
Tsispe 2015 yildan kompaniya direktorlar kengashi tarkibiga kirgan va ayni vaqtda ishlab chiqarish bo‘linmasiga javob beradi.
Ta'kidlanishicha, u kompaniyada 1991 yildan ishlab keladi va bu davr ichida bir qator rahbarlik lavozimlarini egallagan.
Iyul boshida BMW rahbari Xarald Kryuger o‘z shartnomasini uzaytirmoqchi emasligini ma'lum qilgan.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Kryugerning iste'fosi BMW 2016 yilda premial avtomobillarning eng yaxshi ishlab chiqaruvchisi maqomini yo‘qotib, uni Mercedes-Bens’ga boy bergani bilan bog‘langan.