Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston O‘zbekistonga elektr energiya sota boshladi

Foto: Zakon.kz
Iyun oxiridan, uzoq yillar davomida birinchi marta Qozog‘iston O‘zbekistonga elektr energiya eksport qila boshladi. Bu haqda bir qator OAV xabar berdi.
Ikki davlatning mutasaddi tashkilotlari o‘rtasida tuzilgan bitimga ko‘ra, 2019 yil davomida O‘zbekiston energetika tizimiga 1 mlrd kVt-soatdan ko‘proq elektr energiya eksport qilinadi.
Qozog‘iston energetika vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga elektr energiya eksportini amalga oshirishning eng muhim shartlaridan biri Qozog‘istonning ichki ehtiyojini ta'minlash hisoblanadi. Qozog‘istonlik iste'molchilarni elektr ta'minoti bilan uzluksiz va ishonchli ta'minlash uchun avariyaga qarshi avtomatikani sozlash bo‘yicha tadbirlar majmuasi va texnologik qoidabuzarliklar vaziyatida o‘zbekistonlik iste'molchilar uchun cheklovlar kiritish ko‘zda tutilgan.
Elektr energiya yetkazilishi boshlangan va iyun oxiridan 17 iyulgacha O‘zbekistonga 145 mln kVt-soat elektr energiya eksport qilingan.
Ta'kidlanishicha, Qozog‘iston elektr energiyasini yetkazishi Qozog‘istondagi elektr stansiyalarni modernizatsiyalash, rekonstruksiyalash va kengaytirish hisobiga elektr quvvatlaridagi profitsit evaziga mumkin bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Rossiya konserva ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyani milliylashtirdi
Jahon | 11:55
-
O‘zbekistonda aholining suvdan qancha qarzi borligi aytildi
O‘zbekiston | 11:49
-
Buxoroda kadastr filiali bosh mutaxassisi ushlandi
Jamiyat | 11:22
Mavzuga oid

19:07 / 11.07.2025
Chiqindidan qarzi borlar 1 avgustdan boshlab svet uchun pul to‘lolmaydi

12:15 / 10.07.2025
Andijonda chiqindidan elektr ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi

14:57 / 08.07.2025
Yil boshidan buyon qancha “yashil” energiya ishlab chiqarilgani aytildi

21:30 / 02.07.2025