Milliy ishlab chiqaruvchilar avtomobillariga aksiz solig‘i 1 oktyabrdan bekor qilinadi

O‘zbekiston 23:00 / 18.07.2019 39136

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida»gi qarori qabul qilindi.

Prezident qarori bilan yangi tartib o‘rnatilmoqda va unga ko‘ra:

a) 2020 yilning 1 yanvariga qadar «O‘zavtosanoat» AJ va tarkibida «O‘zavtosanoat» AJ ulushi bo‘lgan korxonalar, original ishlab chiqaruvi (OEM) tomonidan nominatsiya qilingan (belgilangan) yoki tavsiya etilgan yetkazib beruvchilar yoki avtomobillar lisenziarlari yoki shunday talab avtomobil ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha doiraviy, lisenzion va institutsion bitimlar, shuningdek, sanoat namunalarini ishlab chiqish va loyihalashtirish, avtomobil mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda texnik ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha bitimlar orqali o‘rnatilgan bo‘lsa tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridi bo‘yicha texnik shartlar O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import shartnomalarini kompleks ekspertizasi markazi» DUKda ekspertizadan o‘tkazilmaydi;

b) «UzAutoMotors» AJning 2019 yilning 1 oktyabridan keyin tuziladigan shartnomalar bo‘yicha avtomobillariga aksiz solig‘i bekor qilinadi;

v) 2019 yilning 1 oktyabridan milliy ishlab chiqaruvchilarning yangi avtotransport vositasini xarid qilganlik uchun yig‘im avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘lanadi;

g) «O‘zavtosanoat» AJ va uning tuzilmasiga kiruvchi korxonalarning profilli bo‘lmagan aktivlari quyidagicha sotilishi mumkin:

·       «E-IJRO AUKSION» savdo maydonchasida ularning qiymatini baholamasdan, qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olinganda ularning balans qiymatiga teng bo‘lgan boshlang‘ich narxda (ko‘chmas mulk uchun) va haqiqiy qiymatida (xo‘jalik yurituvchi jamiyatlardagi ulushlar va aksiyalar paketi uchun) auksionga chiqarish yo‘li bilan;

·       Savdoga chiqarilganidan so‘ng ikki oy ichida talabgorlar bo‘lmasa, boshlang‘ich narxini qadam-baqadam pasaytirib borish yo‘li bilan.

Ko‘proq yangiliklar: