17 iyul kuni Jahon banki Fides Solutions MChJ («Fides Solutions») va fuqaro Ravshan Rizametov (Mr. Rizametov)ga sanksiyalar joriy etgani to‘g‘risida e'lon qildi. Bu haqda tashkilot saytida xabar berilgan. Sanksiyalar shartli ozod etish nazarda tutilgan uch yillik taqiqni bildiradi.
Fides Solutions va Ravshan Rizametov korrupsion amaliyotlar bilan shug‘ullanishda ayblangan - ular O‘zbekistondagi oliy ta'limni modernizatsiya qilish bo‘yicha loyiha doirasida bo‘lajak shartnoma munosabati bilan Jahon banki xodimiga, uning harakatlariga ta'sir o‘tkazishga uringan holda, qandaydir qimmatlik taklif etishgan.
Xabarda aytilishicha, Fides Solutions va Ravshan Rizametov Jahon bankining tartib-qoidalariga muvofiq vaziyat bo‘yicha tushuntirish bermagan. Shuningdek, ular sanksion jarayonlarda ko‘rsatilgan vaqt ichida javob taqdim etishmagan. Shu munosabat bilan, sanksiyalar to‘g‘risidagi qaror rad qilib bo‘lmaydigan deb topildi va 17 iyul kuni kuchga kirdi.