Inson organizmida yurak kasalliklarini davolashga yordam beruvchi hujayralar aniqlandi

Light 10:57 / 18.07.2019 13321

Kanadalik olimlar yurak qobig‘ida kasal yurakni davolay oladigan hujayralarni aniqlashdi. Bunday kashfiyot davolashning yangi usullari paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Kalgari universiteti olimlarining bu tadqiqoti haqida Immunity jurnalida ma'lum qilingan.

Hujayralar yuragi kasal sichqonning perikardial suyuqligida aniqlangan.

Hujayralar sichqonlarda aniqlangach, kardiojarrohlar uni yurak kasalligidan aziyat chekuvchi odamlarda ham aniqlashgan. Bu esa davolashning yangi imkoniyatlarini ochadi va millionlab kasal odamlarga umid beradi, deb hisoblamoqdalar olimlar. 

Yurak tananing boshqa a'zolaridan farqli, o‘zini tiklashda cheklangan imkoniyatga ega.

Ko‘proq yangiliklar: