Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2019–2023 yillarda avtomobil sanoatini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari belgilandi - Prezident qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida»gi qarori qabul qilindi.
Prezident qarori avtomobil sanoati investitsion jozibadorligini oshirish va jadal rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida zamonaviy bozor mexanizmlari va boshqaruv usullarini joriy etish, shuningdek, ichki va tashqi ishlab chiqarish bozorlarida raqobatbardosh muhitni hosil qilish maqsadida qabul qilingan.
Unga ko‘ra, 2019–2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagicha belgilanmoqda:
- yengil avtomobillarni ishlab chiqarish hajmini yiliga 350 ming birlikkacha oshirish;
- yengil avtomobillar lokalizatsiyasi darajasini o‘rtacha 60 foizga yetkazish;
- yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqarish hajmini 10 ming birlikka yetkazish;
- avtomobillar eksporti yillik hajmini 100 ming birlikka yetkazish;
- korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari, shuningdek, «ERP» avtomatlashgan hisoblash tizimini joriy etish;
- avtomobillar modellari qatorini yangilash, jumladan, aholining keng qatlamlari xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan yangi va zamonaviy yengil avtomobil ishlab chiqarish;
- «O‘zavtosanoat» AJ tarkibiga kiruvchi ikkitadan kam bo‘lmagan aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini milliy va xalqaro fond bozorlarida dastlabki ochiq joylashtirish (IPO) yo‘li bilan investorlarni jalb etish.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
-
Toshkent shahri prokurori lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:38 / 14.07.2025
-
Prezident administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi, Termizda Rossiya harbiylari bilan o‘quv mashg‘uloti boshlanmoqda - mahalliy dayjest
Jahon | 23:28 / 14.07.2025
Mavzuga oid

23:17 / 18.07.2019