O‘zbekiston Butunjahon intellektual mulk tashkilotining ikki universal xalqaro shartnomasi ishtirokchisiga aylanadi

O‘zbekiston 09:00 / 17.07.2019 2083

1996 yil 20 dekabrda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) doirasida qabul qilingan Ijrolar va fonogrammalar bo‘yicha shartnoma hamda Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi shartnoma 2019 yilning 17 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirdi.

TIV xabariga ko‘ra, hozirgi paytda 101 mamlakat va Yevropa ittifoqi BIMTning mazkur ikki shartnomasi ishtirokchisi hisoblanadi.

Ushbu shartnomalar «Internet sohasida BIMT shartnomalari» nomi bilan ham mashhur bo‘lib raqamli muhitda mualliflik huquqi va aralash huquqlar himoyasining asosiy mezonlarini belgilaydi.

«Internet sohasida BIMT shartnomalari» mualliflik-huquqiy kontentni interaktiv tarzda yetkazish, mualliflik-huquqiy himoyani cheklash va ijodiy mahsulotlarni tarqatish va foydalanishga imkon beruvchi texnologiyalarga ko‘maklashish kabi sohalarda yangi texnologik nuqtayi nazardan muvofiqlashgan himoya tizimiga zamin yaratgan.

Ko‘proq yangiliklar: