Nima sodir bo‘lsa ham o‘z vaqtida yuz beradi - Xitoy donishmandligi maqollarda

Light 14:41 / 17.07.2019 12591

Xitoy sivilizatsiyasi – Yer yuzidagi eng qadimgi sivilizatsiyalardan biri. U ko‘p jihatdan boshqa madaniyatlardan o‘zib ketgan. Xitoyda yozuv tarixi 5 ming yil avval paydo bo‘lgan. Shuning uchun ham boshqa ancha yosh alifbolardan katta farq qiladi.

Uzoq yillar mobaynida Osmon osti madaniyati yer yuzida yashagan donishmandlarning chuqur fikrlari va kuzatuvlarini o‘ziga singdirgan. Ular yuz va ming yillar muqaddam aytilgan bo‘lsa ham hali ham o‘z dolzarbligi va tarbiyaviy ahamiyatini yo‘qotmagan.

Xitoy xalqining insonning ichki olami, baxti haqidagi fikrlari matallar va naqllarda o‘z aksini topgan.

Fit4brain.com ana shunday donishmandlik namunalarini e'tiboringizga taqdim etadi.

G‘alabaga juda oz qolganida yengilish hissi, ayniqsa, kuchli bo‘ladi.

Sekinlashishdan emas, to‘xtab qolishdan qo‘rq.

Hayotning hiylasi shundaki, iloji boricha kechroq navqiron holda vafot etish kerak.

So‘zingiz sukunatni yaxshi tomonga o‘zgartirmasa, gapirmang.

Kuchli odam to‘siqlarni yengadi, donishmand esa – jami yo‘lni.

Ming kilometrlik yo‘l bir qadamdan boshlanadi.

Odamlari kulgan kulba, zerikarli qasrdan badavlatroq.

Jinnining baxti ham ahmoqona.

Qoqilib yiqilgan bo‘lsang, bu noto‘g‘ri yo‘ldan ketayotganingni anglatmaydi.

Har doim narsalarning yorug‘ tomonini topishga harakat qilgin, agar undaylari bo‘lmasa, ular yaltiraguncha qorong‘i tomonlarini art.

Nima sodir bo‘lsa ham o‘z vaqtida yuz beradi.

Kamchiliklaringni ko‘rsatgan kishi har doim ham do‘sting emas, afzal jihatlaring haqida gapirgan kishi har doim ham do‘sting bo‘lavermaydi.

Xotirjamlikni saqlagan holda yasha. Vaqti yetganida gullar o‘z-o‘zidan ochiladi.

Bilmaganingdan qo‘rqma, o‘rganmayotganingdan qo‘rq.

O‘qituvchilar faqat eshiklarni ochishadi, keyin esa o‘zingiz yurasiz.

Shamol qancha qattiq esmasin, tog‘ uning oldida egilmaydi.

Kamchiliksiz do‘st bo‘lmaydi; agar kamchilik qidirsang – do‘ssiz qolasan.

Fikrlaring xotirjam bo‘lgan joy - sening uying.

Baxsizlik eshigini kishining o‘zi ochadi.

Qizarish xususiyatiga ega kishilarning yuragi qora bo‘lmaydi.

Ming kun soya bo‘lgandan ko‘ra, bir kun inson bo‘lgan yaxshiroq.

Tog‘ni joyidan qo‘zg‘atishga muvaffaq bo‘lgan kishi ishni mayda toshlarni bir joydan ikkinchi joyga tashishdan boshlagan.

Xato qilib qo‘ysangiz, darhol kulib yuborgan ma'qul.

Yigirma yil avval daraxt ekish uchun eng yaxshi vaqt edi. Keyingi yaxshi vaqt – bugun.

Hech kim sayohatdan avvalgi odam bo‘lib qaytmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: