Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada qalbaki Ferrari ishlab chiqariluvchi fabrika aniqlandi

Foto: ND+
Braziliyaning Itajai shahrida qalbaki Ferrari va Lamborghini avtomobillarini ishlab chiqaruvchi fabrika aniqlandi. Tintuv vaqtida politsiya u yerda 8 ta tayyor avtomobilni topgan. Bu haqda ND+ xabar berdi.
Avtomobildan tashqari butlovchi qismlar aniqlangan. Qalbaki sportkarlar butun mamlakat bo‘ylab originali narxining 8 foizidan sotilgan.
Avtomobil ijtimoiy tarmoqlar orqali buyurtirilgan. Korxona egasi bo‘lgan ota va o‘g‘il hech qayerga ketmaslik sharti bilan qo‘yib yuborilgan. Fabrika politsiya tomonidan yopib qo‘yilgan.
Barcha avtomobillar musodara qilingan. Ularning narxi 180 ming dollardan boshlangan.
Ta'kidlanishicha, “uddaburon” ota-o‘g‘ilga katta jarima solinishi mumkin.
Mavzuga oid

14:31 / 11.07.2025
Hakerlar Braziliya banklaridan 140 million dollar o‘g‘irladi

14:41 / 07.07.2025
BRICS davlatlari Trampning bojlarini tanqid qildi

11:41 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi

06:02 / 22.06.2025