Turkiya Kipr hududida geologiya-qidiruv faoliyatini yanada kuchaytirmoqchi

Jahon 15:27 / 16.07.2019 4282
Turkiya Yevropa ittifoqining sanksiyalariga qaramasdan, Kipr hududida geologiya-qidiruv faoliyatini yanada kuchaytirmoqchi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu ma'lum qildi, deb xabar berdi NTV telekanali.

"Agarda Turkiyaga nisbatan bunday qarorlar qabul qiladigan bo‘lsangiz, biz faoliyatimizni kuchaytiramiz. Hozirda Sharqiy O‘rtayer dengizida uchta kemamiz bor, biz to‘rtinchisini ham jo‘natamiz", - deb ta'kidladi u. 

Shu bilan birga Chovusho‘g‘lu Yevroittifoq "o‘zi qabul qilgan qarorini amalga oshirish imkonsiz ekanligini" bilishini aytdi. U shuningdek, "YeI qarorini jiddiy qabul qilmaslik kerakligini, chunki u Kiprning grek hamjamiyatini qanoatlantirish uchun qabul qilinganini" qayd etdi.

Yevroittifoq 15 iyulda Kipr alohida iqtisodiy hududida burg‘ulash ishlarini olib borayotgani uchun Turkiyaga nisbatan sanksiyalar kiritgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: