RPL. Denisov «Rubin»dagi debyutini sobiq klubi «Lokomotiv»ga qarshi o‘tkazdi

Sport 09:01 / 16.07.2019 7798

Rossiya chempionatida 1-turning so‘nggi o‘yini – «Lokomotiv»-«Rubin» uchrashuvi durang bilan yakunlandi.

«Lokomotiv» stadionidagi o‘yinning 66-daqiqasida mezbonlar yarimhimoyachisi Aleksey Miranchuk hisobni ochdi. Gol urilgan daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Xvicha Kvaratsxeliya o‘n daqiqa o‘tib sobiq klubi darvozasini ishg‘ol etdi va hisobni tenglashtirdi.

Mazkur o‘yin o‘zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisovning «Rubin»dagi debyut uchrashuvi bo‘ldi. U sobiq jamoasi «Loko»ga qarshi to‘liq 90 daqiqa maydonda bo‘ldi. 23-daqiqada Denisov o‘z jarima maydonida Rifat Jyemaletdinovga nisbatan o‘yin qoidasini buzgan deb topildi va penalti belgilandi. Biroq Aleksey Miranchukning 11 metrlik nuqtadan zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi. Vitaliy, shuningdek, 82-daqiqada sariq kartochka ham oldi.

Rossiya Premer-ligasi
1-tur. 15 iyul
Lokomotiv – Rubin 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 66 Miranchuk, 1:1 – 76 Kvaratsxeliya.
Amalga oshirilmagan penalti: 23 – Miranchuk
Lokomotiv – Gilerme, Jivoglyadov, Serkeyra, Chorluka, Ribus, Krixovyak, Barinov, Jyemaletdinov (Ribchinskiy, 81), Miranchuk, Miranchuk, Eder (Kolomeytsev, 58).
Rubin – Dyupin, Danchenko, Uremovich, Sorokin, Denisov, Podberezkin (Stepanov, 88), Konovalov, Mogilevets (Zakirov, 70), Bashkirov, Davitashvili (Kvaratsxeliya, 66), Markov.
Ogohlantirishlar: Uremovich (18), Miranchuk (35), Denisov (82), Serkeyra (90), Markov (90).

12 iyul
Arsenal Tula – Dinamo 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 16 Migel Kardozu, 1:1 – 84 Grigalava.

13 iyul
Ural – Ufa 3:2 (1:0, 2:2)
Gollar: 1:0 – 14 Bikfalvi, 2:0 – 49 Bikfalvi, 2:1 – 76 Kozlov, 3:1 – 81 Bavin, 3:2 – 86, penalti Fomin.

Spartak – Sochi 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 90+3 Jigo.

Rostov – Orenburg 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 11 Shomurodov, 2:0 – 42 Ionov, 2:1 – 49 Despotovich.

14 iyul
Krilya Sovetov – TsSKA 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 51 Sobolev, 2:0 – 58, penalti Sobolev.

Zenit – Tambov 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 46 Yeroxin, 2:0 – 48 Dzyuba, 2:1 – 71 Muyiva.

Axmat – Krasnodar 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 28 Berisha.

Ko‘proq yangiliklar: