O‘zbekistonda yangi pochta markalari turkumi muomalaga kiritildi 

O‘zbekiston 11:59 / 16.07.2019 4864

«O‘zbekiston pochtasi» AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019 yil 11 iyuldan «O‘zbekiston ne'matlari» pochta markalari turkumi muomalaga kiritildi.

Vazirlik axborot xizmati xabariga ko‘ra, turkum 3 ta pochta markasidan iborat bo‘lib, kichik varaq ko‘rinishida chop etilgan. Pochta markalarida O‘zbekistonning yaxshi va qulay tabiiy-iqlim sharoitida o‘sadigan mevalar tasvirlangan. Mevalarning nomlari lotin tilida berilgan.

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 40×40 mm (aylana bilan). Kichik varaqning o‘lchami 160×80 mm. Pochta markalarning adadi 8 ming nusxadan.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

1363. «Morus nigra» (Shotut) Nominali – 1800 so‘m
1364. «Malum» (Olma) Nominali – 3200 so‘m
1365. «Pyrus» (Nok) Nominali – 3600 so‘m.

Ko‘proq yangiliklar: