Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga tegishli Speedtest.net internet-servisi 2019 yil iyun oyi yakunlari bo‘yicha jahonda mobil va simli internet tezligi haqidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan Speedtest Global Index oylik reytingini e'lon qildi.
O‘zbekistonning pozitsiyalari quyidagicha ko‘rinish oldi:
mamlakat mobil internet tezligi bo‘yicha o‘z pozitsiyasini yanada pasaytirdi va 9,63 Mbit/s. tezlik bilan 132-o‘rinni egalladi;
simli internet tezligi bo‘yicha 17,07 Mbit/s. tezlik bilan 177 davlat orasida 116-o‘rindan joy oldi.
Janubiy Koreya (90,06 Mbit/s.) mobil internet tezligi, Singapur (195,88 Mbit/s.) simli internet tezligi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan.
Speedtest servisdan o‘z ulanishi tezligini tekshirishda foydalanuvchi shaxslardan olingan ma'lumotlar asosida tezlikni hisoblab chiqaradi hamda reytingni shakllantiradi.