Google Xitoy harbiylari bilan hamkorlik qilishi to‘g‘risidagi ayblovlarni rad etdi

Jahon 19:30 / 16.07.2019 2693

Google kompaniyasi XXR harbiy-sanoat majmuasi bilan hamkorlik qilishi to‘g‘risidagi ayblovlarni rad etdi.

"Avval aytganimizdek, biz Xitoy harbiylari bilan ishlamaymiz", - deyiladi kompaniya bayonotida.

Avvalroq milliarder va investor Piter Til FQB va MRB Google kompaniyasiga nisbatan tekshiruv o‘tkazishi kerakligini aytgandi. Tilning so‘zlariga ko‘ra, xitoylik agentlar kompaniya rahbariyati va sun'iy ong vositalari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi jamoa ichida bo‘lishi mumkin. 

Yirik IT-kompaniyalardan bo‘lgan Palantir asoschisi Jo Londsdeyl Google kompaniyasini "vatanparvar emas" deb atadi va XXR hukumati uning loyihalarida ishtirok etayotganligini bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: