Frank-Valter Shtaynmayyer Bahrom Abdullayevga tashakkurnoma yo‘lladi

O‘zbekiston 16:40 / 16.07.2019 11116

Germaniya Federativ Respublikasi federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer Urganch davlat universiteti rektori Bahrom Abdullayev nomiga tashakkurnoma yo‘lladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabar bermoqda.

Frank-Valter Shtaynmayyer universitetda bo‘lib o‘tgan iliq va samimiy uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirar ekan, uchrashuv O‘zbekiston yoshlarining kelajakdagi istak va xohishlari hamda mamlakatingiz haqidagi tasavvurlarimni yanada kengaytirdi, degan. 

Prezident o‘z tashakkurnomasida talabalar va litsey o‘quvchilari bilan ochiq va jonli ruhda o‘tgan samimiy muloqotni alohida mamnuniyat bilan ta'kidlar ekan, rektordan universitet akademik litseyi o‘quvchilariga ham tashakkurini yetkazishni so‘ragan.

Ma'lumot uchun, Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida shu yilning 29 may kuni Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashgan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: