Britaniyada Assanjni o‘lim jazosi amal qiluvchi davlatga topshirmaslikka va'da berildi

Jahon 08:16 / 16.07.2019 5367

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alan Dankan London WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanj qonunan o‘lim jazosi ko‘zda tutilgan davlatga topshirmasligini aytdi. Bu haqda Efe agentligi xabar berdi. 

“Biz Assanjning unga o‘lim jazosi xavf soluvchi biror davlatga berilishiga yo‘l qo‘ymasligimiz erishgan kelishuvimizning asosiy shartidir”, deb atgan Dankan Ekvador tashqi ishlar vaziri Xose Valensiya bilan Kitoda o‘tgan matbuot anjumanda. U Britaniya Assanjning sog‘lig‘i haqida qayg‘urayotganini qo‘shimcha qilgan.   

Britaniyada Assanjning ekstraditsiya qilinishi qarorini ichki ishlar vaziri qabul qiladi, biroq u bunda Yevropa va Britaniya qonunlari va me'yorlariga amal qiladi. Britaniya hukumati saytidagi ma'lumotga ko‘ra, agar ekstraditsiya qilinuvchi shaxsga o‘lim jazosi xavf solsa (agar vazir ushbu shaxs o‘lim jazosiga mahkum qilinmasligi yoki bu hukm ijro etilmasligi haqida yozma kafolat olmasa), ekstraditsiya qonunan taqiqlanadi. 

Oxirgi yillar Ekvadorning Londondagi elchixonasida yashagan Assanj 11 aprelda AQSh so‘rovi bilan hibsga olindi. London sudi uni garov puli evaziga ozodlikka chiqish shartlarini buzishda aybdor deb topib, 11 oylik qamoq jazosiga mahkum qilgan.

Assanjning AQShga ekstraditsiya qilinishi bo‘yicha jarayon 2 mayda boshlangan. U AQShda josuslik va maxfiy ma'lumotni oshkor qilish bilan bog‘liq 17 ta holat bo‘yicha ayblanmoqda. Agar Assanj AQShga topshirilsa, unga uzoq yillik qamoq jazosi berilishi mumkin.  

Ko‘proq yangiliklar: