Yosh grossmeysterlar shohsupada

Sport 15:28 / 15.07.2019 3684

Toshketdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida shaxmat bo‘yicha erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati Oliy liga bahslari nihoyasiga yetdi.

 Ushbu musobaqada yurtimizning bugungi kundagi eng kuchli 13 shaxmatchisi ishtirok etdi, musobaqa Jismoniy tarbiya va sport vazirligi , O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi va qator homiy tashkilotlar tomonidan tashkillashtirildi.

 Bu safargi birinchilikda Marat Jumayev, Sayidali Yuldashev kabi tajribali shaxmat ustalari bilan birga so‘nggi vaqtlarda yuksak natijalar ko‘rsatayotgan Nodirbek Abdusattorov, Shamsiddin Vohidov , Abdumalik Abdusalimov kabi yosh iqtidorlar ham dona surdilar.

Musobaqa 13 kun davom etdi va murosasiz kurashlar bilan o‘tdi.

Turnir yakuniga ko‘ra, 10 ochko to‘plagan Javohir Sindarov birinchi o‘rinni egalladi va shaxmat bo‘yicha tarixda eng yosh O‘zbekiston chempioni bo‘ldi.

Foto: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati

Shohsupaning ikkinchi va uchinchi o‘rinlarini 8.5 ochkodan to‘plagan ikki Nodirbek- N.Yoqubboyev va N.Abdusattorovlar egallashdi.

 Shu tariqa, O‘zbekiston shaxmat bo‘yicha Oliy liga shohsupasining hammasini yosh, umidli shaxmatchilar egalladilar.

Foto: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati
Foto: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati
Foto: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati
Foto: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati bergan ma'lumotga ko‘ra, g‘oliblar birinchi o‘ringa-8 mln 700 ming so‘m,ikkinchi o‘ringa-6 mln so‘m, uchinchi o‘ringa-3 mln 500 ming va shu kabi, 8-o‘rinni olgan ishtirokchigacha pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Hamza Umarov

Ko‘proq yangiliklar: